Uchrashuv

29/07/2026
🏢 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori
O.A.Ruziyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hamda nomli davlat stipendiyalariga hujjat topshirgan iqtidorli talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi.


⚡️ Uchrashuv davomida stipendiya dasturlarining ahamiyati, nomzodlarga qo‘yiladigan talablar, hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish jarayonlari hamda tanlovda muvaffaqiyat qozonish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

📌  Mazkur uchrashuv talabalarda katta ruhiy ko‘tarinkilik yaratib, ularning maqsad sari yanada qat’iyat bilan intilishiga turtki bo‘ldi. Institutimiz rektori O.A.Ruziyev iqtidorli yoshlarni doim qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirar ekan, ular ilm-fan va jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishlariga ishonch bildirdi.