Sport musobaqasiga start berildi

24/04/2026

⚡️Ayni vaqtda Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida sportning Basketbol turi bo‘yicha “Talabalar ligasi” musobaqasining viloyat bosqichiga tantanali tarzda start berildi.

Mazkur nufuzli musobaqa talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ularning jismoniy faolligini oshirish hamda sportga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Unda Surxondaryo viloyatidagi barcha oliy ta’lim muassasalarining jamoalari ishtirok etishmoqda.

“Talabalar ligasi” nafaqat sport mahoratini sinovdan o‘tkazish, balki talaba-yoshlar o‘rtasida do‘stlik, hamjihatlik va jamoaviylik ruhini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.