Yoshlar kuni doirasida “El-yurt umidi” jamgʻarmasi ijrochi direktori Gulnoza Ismailova Termiz shahrida yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi.

24/04/2026

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi qoshidagi “El-yurt umidi” jamg‘armasi direktori Ismailova Gulnoza Saydig‘anixo‘jaevna TDTU Termiz filialiga tashrif buyurdi.

Shuningdek, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O.Ruziyev, Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi boshlig’i I.Sattorov va Iqtidorli talabalar qatnashdi.

Ismailova Gulnoza Saydig‘anixo‘jaevna va talabalar bilan ochiq, samimiy muloqot tashkil etildi. Uchrashuv davomida yoshlarning ta’lim, xorijda malaka oshirishi, ilmiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlashga oid savollariga batafsil javob berildi. “El-yurt umidi” jamg‘armasining imkoniyatlari, yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida muhim ma’lumotlar taqdim etildi.