DENOV TADBIKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI JAMOASI — VILOYAT CHEMPIONI!
24/04/2026
23-aprel kuni Termiz shahrida sportning futbol turi bo‘yicha “Talabalar ligasi” musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Surxondaryo viloyatidagi barcha oliy ta’lim muassasalari jamoalari ishtirok etgan ushbu musobaqa murosasiz bahslarga boy bo‘ldi.
Quvonarlisi shundaki, murosasiz kechgan o‘yinlar natijasiga ko‘ra, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti jamoasi barcha raqiblarini ortda qoldirib, faxrli 1-o‘rinni egalladi.
Natija: Viloyat bosqichi g‘olibligi; Keyingi qadam: Respublika bosqichiga yo‘llanma.
Jamoamiz a’zolarini va murabbiylarini ushbu yuksak g‘alaba bilan muborakbod etamiz! Respublika bosqichida ham shunday shiddatli o‘yin va yorqin g‘alabalar tilab qolamiz.