Scopus 2026

13/10/2026

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori Oybek Ruziyev hamda Prof. Dr. Sardor Mamarasulovning “Audio Has No Pulse: Detecting Lip-Sync Deepfakes via Broken Physio-Acoustic Coupling” nomli ilmiy maqolasi Scopus xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazasida indekslangan nufuzli “IEEE Access” Q(1) jurnalida muvaffaqiyatli chop etildi.

🔬 Tadqiqot audio va tasvir o‘rtasidagi fiziologik-akustik bog‘liqlik buzilishlari orqali lab harakatlari soxtalashtirilgan deepfake videolarni aniqlashga bag‘ishlangan.
Ushbu natija raqamli texnologiyalar sohasidagi dolzarb muammolarga ilmiy yechim topish va xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi muhim yutuqdir.

👏 Institut jamoasi nomidan Oybek Ruziyev va Prof. Dr. Sardor Mamarasulovni samimiy tabriklaymiz! Mualliflarga kelgusi izlanishlarida yangi g‘oyalar, samarali hamkorlik va yuksak natijalar tilaymiz.