Erkinjon Turdimov: Taʼlimdagi har bir ōzgariş yoşlar hayotida sezilişi kerak
12/10/2026
Bugun Ōzbekiston Respublikasi Boş vazirining birinçi ōrinbosari — taʼlim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov vazirlik tizimi xodimlari bilan uçraşuv ōtkazdi.
Muloqotda yoşlar, ōquvçi va talabalarni qiynayotgan masalalarni ōrganiş, ularning dardini eşitiş, sifatli taʼlim olişi uçun yanada yaxşi şaroit yaratişga alohida eʼtibor qaratildi.
Bola boḡçaga borişi, ōquvçi maktabda puxta bilim olişi, talaba esa egallagan bilimi va kasbi bilan hayotda ōz ōrnini topişi kerak. Şu maqsadda maktabgaça taʼlim qamrovini kengaytiriş, taʼlim sifatini oşiriş, yoşlarni kasbga tayyorlaş va ilm-fanga qiziqişini qōllab-quvvatlaş masalalari muhokama qilindi.