Oltinsoyda uzumçilik va milliy taomlar festivali boşlandi

14/10/2026


Oltinsoy tumanida “Ōzbekiston enoturizmi va milliy taomlar festivali“ning tantanali oçiliş marosimi bōlib ōtdi. Festivalda Surxondaryoning uzumçilik anʼanalari, milliy taomlari, mahalliy mahsulotlari va sayyohlik salohiyati keng namoyiş etilmoqda.

Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Uluḡbek Qosimov iştirok etdi. Dastlab viloyat rahbari mehmonlar va mutasaddilar bilan birgalikda şahar va tumanlar pavilonlari, milliy taomlar, meva-sabzavotlar, uzumçilik hamda vinoçilik mahsulotlari kōrgazmalari bilan tanişdi.

Kōrgazmalarda hududlarning ōziga xos mahsulotlari, milliy qadriyatlari, hunarmandçilik namunalari va anʼanalari namoyiş etildi. Ayniqsa, Oltinsoyning serhosil uzumzorlari, uzum navlarining xilma-xilligi va mahalliy mahsulotlar festivalning asosiy eʼtibor markazida bōldi.

Festivalning oçiliş marosimida sōzga çiqqan viloyat hokimi bunday tadbirlar milliy qadriyatlarimizni tarḡib qiliş, mahalliy mahsulotlarni keng ommalaştiriş, tadbirkorlar uçun yangi imkoniyatlar yaratiş va hududning sayyohlik jozibadorligini oşirişda muhim ahamiyat kasb etişini taʼkidladi.

Festivalda viloyatning 15 ta hududi ōzlariga xos milliy taomlar, meva-sabzavotlar, uzum navlari va hunarmandçilik mahsulotlarini namoyiş etmoqda. Oliy taʼlim muassasalari tomonidan taşkil etilgan “Dunyo taomlari va xalqlari” kōrgazmasi, milliy sport ōyinlari, folklor-etnografik jamoalar çiqişlari hamda brend restoranlar taqdimotlari tadbirga yanada fayz baḡişladi.

Tantanali oçiliş marosimi konsert dasturi bilan davom etdi. Poytaxtdan taşrif buyurgan sanʼatkorlar, vohaning taniqli xonandalari, ansambllar va folklor jamoalari çiqişlari iştirokçilarga kōtarinki kayfiyat ulaşdi.

Festival tadbirlari va kōrgazmalari ertaga ham davom etadi. Galakonsertda turli nominatsiyalar bōyiça ḡoliblar taqdirlanadi.

Barça yurtdoşlarimizni festival tadbirlarida iştirok etişga taklif etamiz!