Assalomu alaykum, hurmatli jamoa, qadrli professor-o‘qituvchilar va aziz talabalar!
Barchangizni Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining 6 yilligi bilan samimiy tabriklayman! Mamlakatimiz kelajagi — bilimli, zamonaviy fikrlaydigan va o‘z kasbining yetuk mutaxassislari qo‘lida. Shu bois institutimiz tashkil etilgan ilk kunlardan boshlab sifatli ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish yo‘lida izchil faoliyat olib bormoqda.
📊 Bugungi kunda institutimiz: — 4 ta fakultet — 16 ta kafedra — 8045 nafar talaba — 309 nafar professor-o‘qituvchi — Ilmiy salohiyat: 30%
📚 Ilmiy faoliyat natijalari: — 100 ta monografiya — 40+ ta Scopus maqola — 200+ ilmiy maqolalar
🏆 Talabalarimiz yutuqlari: — 30 nafar davlat stipendiyasi sovrindori — 39 nafar viloyat hokimi stipendiyasi sohibi — 72 nafar rektor stipendiyasi sohibi — 32 nafar respublika va xalqaro musobaqalar g‘oliblari
🌍 Xalqaro hamkorlik: — 100 ga yaqin xorijiy OTM bilan hamkorlik — 35 nafar magistrant qo‘shma dasturlarda — 125 nafar professor-o‘qituvchi xorijda malaka oshirgan
Hurmatli jamoa! Sizlarning fidokorona mehnatingiz tufayli institutimiz yildan-yilga rivojlanib, yuksak marralarni zabt etmoqda. Buning uchun har biringizga chuqur minnatdorlik bildiraman.
Barchangizga mustahkam sog‘lik, omad va yangi yutuqlar tilayman! Birgalikda yanada yuksak natijalarga erishamiz! 🚀
Hurmat bilan, Ruziyev Oybek Abdimuminovich Institut rektori