🙂 Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi va erishilayotgan yutuqlarni keng ommaga yetkazish maqsadida institut tashkil etilganining 6 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tmoqda.
✅ Mazkur tadbiri institut jamoasi, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar hamda taklif etilgan mehmonlar ishtirokida yuqori kayfiyatda o‘tkazilmoqda. Tadbir davomida so‘nggi yillarda institut tomonidan erishilgan yutuqlar, ilmiy-pedagogik faoliyatdagi natijalar hamda talabalarning respublika va xalqaro miqyosdagi muvaffaqiyatlari alohida e’tirof etildi.
🦅 Shuningdek, institutning 6 yillik faoliyati davomida yaratilgan zamonaviy o‘quv bazasi, ilmiy salohiyatni oshirish yo‘lidagi ishlar, xalqaro hamkorlik aloqalari hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi tizimli ishlar haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.
✅ Tadbir doirasida faol professor-o‘qituvchilar va iqtidorli talabalar munosib taqdirlanib, ularga tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari topshirildi. Badiiy dastur va chiqishlar esa tadbirga yanada bayramona ruh bag‘ishladi.
✅ Tadbir yakunida institut jamoasiga kelgusi faoliyatida yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilanib, ta’lim sifati va ilmiy salohiyatni yanada yuksaltirish yo‘lida yangi marralar belgilab olindi.