Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti hamda “AGROHIZMAT SHINDONG” MCHJ o‘rtasida 04/01-sonli hamkorlik shartnomasi imzolandi.

16/04/2026

Mazkur kelishuvga ko‘ra, “Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiyalar” kafedrasi yo‘nalishida korxona huzurida kafedra filiali tashkil etiladi.

Hamkorlik doirasida dual ta’lim tizimini joriy etish, talabalar amaliyotini ishlab chiqarish bilan integratsiyalash hamda bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash rejalashtirilgan.

Kafedra filiali ochilish marosimida “Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiyalar” kafedrasi mudiri S.Ismatov, kafedra o‘qituvchisi K.Yorov, institut Karyera markazi rahbari A.Allanazarov hamda 13OT-2024 guruhi talabalari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida tomonlar kelgusidagi samarali hamkorlik, dual ta’limni yo‘lga qo‘yish hamda bitiruvchilarni ishga joylashtirish masalalari yuzasidan o‘zaro kelishuvga erishdilar.