REKTOR KAFEDRA MUDIRLARI VA TYUTORLAR BILAN YIG‘ILISH O‘TKAZDI
17/09/2026
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O.А.Ruziyev Pedagogika fakulteti kafedra mudirlari hamda tyutorlari bilan yig‘ilish o‘tkazdi. Yig‘ilish davomida fakultetda o‘quv-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish, talabalar bilan ishlash, ularning davomati va ichki tartib-intizomiga rioya etishini ta’minlash, shuningdek, tyutorlik faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, yangi o‘quv yilida belgilangan vazifalarni sifatli amalga oshirish, professor-o‘qituvchilar va tyutorlarning mas’uliyatini oshirish hamda talabalar uchun yaratilayotgan sharoitlardan samarali foydalanish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.
DTPI rektori O.А.Ruziyev shu yerning o‘zida ZOOM platformasi orqali xalqaro konferensiyada ishtirok etib, ta’lim va ilm-fan sohasidagi dolzarb masalalarga bag‘ishlangan ma’ruza bilan ishtirok etdi.
Konferensiya davomida oliy ta’lim tizimini rivojlantirish, zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan samarali foydalanish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini takomillashtirish hamda xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbir xalqaro tajriba almashish, ilmiy hamkorlikni mustahkamlash va ta’lim sohasidagi istiqbolli yo‘nalishlarni muhokama qilish uchun muhim muloqot maydoni bo‘ldi.