ILM-FAN NAMOYANDASI BILAN ILMIY UCHRASHUV

16/09/2026

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida ilmiy salohiyatni yuksaltirish, yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda zamonaviy ilmiy izlanishlar borasida tajriba almashish maqsadida Termiz Davlat universiteti nufuzli olimi, kimyo fanlari doktori, professor Turaev Xayit Xudaynazarovich ishtirokida ilmiy seminar tashkil etiladi.

🔹 Seminar mavzulari:
• Scopus va Web of Science bazalarida maqola chop etish;
• H-indexni oshirish va ilmiy profilni rivojlantirish;
• Davlat ilmiy dasturlari doirasidagi tanlov va loyihalarda ishtirok etish tartibi.

👨‍🔬 Seminar professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar hamda talaba-yoshlar uchun muhim ilmiy muloqot maydoni bo‘lib xizmat qiladi.

📅 Sana: 16.09.2026
⏰ Vaqt: 13:00
📍 Manzil: Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Sharof Rashidov binosi Faollar zali