REKTOR TALABALAR BILAN UCHRASHDI

17/09/2026

🏛 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O. Ruziyev Pedagogika fakulteti talabalari bilan uchrashdi.

📌 Uchrashuv davomida rektor Pedagogika fakulteti dekani Raʼno Salomova, fakultet maʼmuriyati hamda professor-o‘qituvchilar hamrohligida o‘quv xonalariga kirib, talabalar bilan bevosita suhbatlashdi.

🎓 Suhbat davomida talabalarning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari tinglandi. Shuningdek, taʼlim sifati, ichki tartib-intizom hamda talabalar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar yuzasidan fikr almashildi.

🤝 Ochiq va samimiy muloqot jarayonida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, takliflarini bildirdilar.