Qabul boshlandi

05/06/2026

Bugundan boshlab abituriyentlar my.uzbmb.uz hamda my.gov.uz saytlari orqali onlayn ro’yxatdan o’tishlari mumkin.

Muhim joylari:

➖ abituriyentlar 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. Bunda abituriyentlar faqat test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini tanlaydi xolos;

➖ fanlar majmuasini tanlaganda qaysi yo‘nalishlarga mos kelishi haqida ma’lumot chiqadigan bo‘libdi, bu ancha qulay;

➖ agar kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi. Bunda aynan o’zi kirmoqchi bo’lgan OTMda ijodiy imtihon topshirish shart emas. Masalan, kimdir O’zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya universitetiga kirmoqchi bo’lsa, unda ijodiy imtihonni istalgan hududda, aytaylik Buxoro yoki Andijonda topshirsa ham bo’ladi;

➖ Test topshirish hududi qismida So’x va Denov tumani ham bor. Ya’ni So’x tumanidagilar Farg’ona shahriga, Denov hamda uning atrofidagi tumanlar Termiz shahriga kelishi shart emas;

➖ Avvalgi yillarda bitirganlar testga kirish uchun 206 ming so’m miqdorida to’lov qilishi kerak bo’ladi. To’lovni 25-iyungacha bo’lib to’lash ham mumkin, undan kechiksa, testga kiritilmaydi;

➖ fikri o’zgarib qolgan abituriyent 25-iyungacha qayta ariza topshirsa (arizani tahrirlasa) bo’ladi. 25-iyundan keyin arizani o’zgartirishga ruxsat berilmaydi;

✅ Imtihonlar iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi.