Magistrantlarning magistrlik dissertatsiyalari himoyalari davom etmoqda

05/06/2026

📌 Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida Matematika mutaxassisligi magistrantlarining magistrlik dissertatsiyalarini himoya qilish jarayonlari davom etmoqda.
Institut rektorining tegishli buyrug‘i asosida magistrantlarga yakuniy davlat attestatsiyasida ishtirok etishga ruxsat berilgan.

📍 Bugun mazkur mutaxassislik bo‘yicha magistrantlar Davlat attestatsiya komissiyasi huzurida o‘z magistrlik dissertatsiyalari mavzulari yuzasidan rasmiy himoya jarayonlarida ishtirok etmoqda.

🔵 Himoya ishlarida Davlat attestatsiya komissiyasi raisi, Ismoil Allakov ishtirok etib, magistrantlarning ilmiy izlanishlari va tadqiqot natijalariga baho bermoqda.

🔹 Jarayon davomida institut rektori O.Ro‘ziyev magistrantlarga muvaffaqiyat tilab, ularning kelgusi ilmiy-pedagogik faoliyatida ulkan yutuqlarga erishishlariga ishonch bildirdi.
Magistrlik dissertatsiyalari himoyalari belgilangan tartib asosida davom etmoqda.