HISOBOT KONSERTI MUVAFFAQIYATLI O‘TKAZILDI

04/06/2026

🎓 Pedagogika fakultetining “Yoshlar markazi”da 5MUS-2023 guruhi bitiruvchi kurs talabalari tomonidan hisobot konserti yuqori saviyada tashkil etildi. Tadbir davomida talabalar ta’lim jarayonida egallagan nazariy bilimlari hamda amaliy ko‘nikmalarini namoyon etib, o‘zlarining musiqiy ijrolari orqali tomoshabinlarga unutilmas taassurot ulashdilar. Konsert dasturi bitiruvchi yoshlarning kasbiy mahorati, ijodiy salohiyati va san’atga bo‘lgan yuksak mehrini aks ettiruvchi mazmunli chiqishlardan iborat bo‘ldi.
🎶 Hisobot konserti talabalarning o‘quv yillari davomida erishgan yutuqlari va ijodiy izlanishlari natijasini namoyish etuvchi muhim madaniy-ma’rifiy tadbir sifatida e’tirof etildi. Mazkur tadbirning yuqori saviyada tashkil etilishiga munosib hissa qo‘shgan professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda tashrif buyurgan mehmonlarga samimiy minnatdorchilik bildiramiz.