Qabul-2025 imtihonlariga tayyorgarlik jarayonlari davom etmoqda

04/07/2025

⚡️ 2025/2026-ōquv yili uçun abituriyentlarni qabul qiliş jarayonlariga puxta tayyorgarlik kōriş maqsadida Ōzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholaş agentligi Surxondaryo viloyati bōlimi boşliḡi Karimov Yoqub Ziyodullayeviç Denov tadbirkorlik va pedagogika institutiga taşrif buyurdi. Taşrif davomida u abituriyentlarni test sinovlari asosida qabul qiliş uçun ajratilgan binolarning holati, zaruriy texnik vositalar bilan taʼminlaniş darajasi hamda xavfsizlik çoralari kōrilganligini joyida ōrgandi.

📌 Mazkur taşrif davomida test sinovlarini yuqori saviyada va şaffof ōtkaziş maqsadida binolardagi şaroitlar, jumladan, videokuzatuv tizimlari, kompyuter va boşqa jihozlarning tayyorgarlik holati alohida kōrib çiqildi.