🔹 Ōzbekiston Respublikasi Prezidenti taşabbusi bilan “Dolzarb 90 kun” loyihasi yōlga qōyildi. Loyiha doirasida 1-iyundan 30-avgustgaça yoşlarning bōş vaqtini mazmunli ōtkaziş, ularni soḡlomlaştiriş va har tomonlama rivojlantiriş bōyiça keng kōlamli işlar olib borilişi belgilab olindi.
🔸 Uşbu belgilangan topşiriqlar yuzasidan Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti tyutorlari taşabbusi bilan talaba-yoşlar ōrtasida voleybol sport turi bōyiça musobaqa taşkil etildi.
🔹 “Dolzarb 90 kun” dasturi yozgi taʼtilni nafaqat dam oliş, balki yoşlar uçun ōsiş, ōrganiş, rivojlaniş va yangi imkoniyatlar sari yōl sifatida qaralayotganligini kōrsatmoqda. Mazkur taşabbus kelajak avlodning soḡlom, bilimli va faol bōlib ulḡayişi uçun muhim zamin yaratadi.