Qabul-2025 jarayonlarini samarali taşkil etiş maqsadida yiḡiliş bōlib ōtdi

04/07/2025

⚡️2025/2026-ōquv yili uçun abituriyentlarni qabul qiliş jarayonlariga puxta tayyorgarlik kōriş maqsadida Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida yiḡiliş bōlib ōtdi. Unda institut rektori O.Ruziyev, prorektorlar, fakultet dekanlari hamda qabul jarayoniga masʼul xodimlar iştirok etdi. Yiḡilişda qabul jarayonining oçiqligi, şaffofligi va adolatli taşkil etilişi bōyiça muhim masalalar muhokama qilindi.

📌 Institut rahbariyati tomonidan abituriyentlarga qulay şart-şaroitlar yaratiş, hujjat topşiriş va maslahat xizmatlarini takomillaştiriş yuzasidan zarur kōrsatmalar berildi. Qabul komissiyasining faoliyatini yanada samarali taşkil etiş, axborot texnologiyalaridan keng foydalaniş hamda tizimdagi har bir bosqiçni nazorat qiliş mexanizmlarini kuçaytiriş bōyiça takliflar ilgari surildi. Yiḡiliş yakunida barça iştirokçilarga tegişli topşiriqlar yuklatildi.