⚡️ Ōzbekiston Respublikasida xizmat kōrsatgan artist, Xorazmlik taniqli sanʼatkorlar — aka-uka Eşjonovlar Denov tadbirkorlik va pedagogika institutiga taşrif buyurib, talaba-yoşlar hamda jamoatçilik uçun konsert dasturi taşkil etdilar. Tadbir avvalida institut rektori Oybek Ruziyev sōzga çiqib, mehmon sanʼatkorlarni samimiy qutlar ekan, bunday madaniy-maʼrifiy uçraşuvlar yoşlarning sanʼatga bōlgan qaraşlari va maʼnaviy didini yanada boyitişda muhim ahamiyat kasb etişini taʼkidladi.
📌 Konsert dasturi davomida sanʼatkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qōşiqlar tadbir iştirokçilariga kōtarinki kayfiyat baḡişladi. Mazkur madaniy tadbirda nuroniylar, professor-ōqituvçilar hamda talabalar faol iştirok etib, sanʼatkorlarning ijodiga qiziqiş va olqiş bildirdilar. Tadbir barçada iliq taassurot qoldirdi. Şuningdek, tadbir yakunida mehmonlar institut rahbariyati tomonidan taqdirlandi.