🏛 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Filologiya fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi Rayimov Qaxramon Qurbanaliyevich Qarshi davlat universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.Fil.11.05 raqamli majlisida 10.00.01 – “O‘zbek tili” ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan “O‘zbek tili reklama matnlarining lingvistik ekspertizasi” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
📜 Institut jamoasi nomidan Rayimov Qaxramon Qurbanaliyevichni ushbu yuksak ilmiy yutuq bilan chin dildan tabriklab, mustahkam sog‘lik, ilmiy izlanishlarida bardavom muvaffaqiyatlar va yangi yutuqlar tilaymiz.