Pedagogika fakulteti professor-ōqituvçilari maktablarda “Birinçi qōnḡiroq” tadbirlarida iştirok etişdi
02/09/2026
Tadbirlarda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti dekani R.Salomova, Boşlanḡiç taʼlim kafedrasi ōqituvçilari H.Allayeva va D.Meliyeva maktablarda taşkil etilgan bayram tadbirlarida iştirok etib, ōquvçilar va ustozlarni yangi ōquv yilining boşlanişi hamda “Bilimlar kuni” bilan samimiy muborakbod etdilar.
Tadbirlar davomida 1-sinfga qabul qilingan ōquvçilarga “Prezident sovḡasi” tantanali ravişda topşirildi.
Şuningdek, Sariosiyo tumanidagi 89-umumiy ōrta taʼlim maktabida H.Allayeva tomonidan birinçi sinf ōquvçilari uçun Mustaqillik darsi taşkil etildi.
Dars davomida ōquvçilarga Vatan, mustaqillik, milliy qadriyatlar va yurtimizning bugungi taraqqiyoti haqida tuşunçalar berildi.