❇️ 2026-yil 2-sentabr kuni Denov tumanidagi 4-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida an’anaviy “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda bo‘lib o‘tdi. Tadbirga Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti psixologi Dilshoda Xolmuminova ham ishtirok etdi.
⚡️ Yangi 2026/2027 o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan tashkil etilgan ushbu bayramona tadbirda o‘quvchilar, ota-onalar, ustoz-murabbiylar hamda mehmonlar ishtirok etdilar. Maktab hovlisi bayramona bezatilib, ko‘tarinki kayfiyat hukm surdi. Ushbu tadbir ishtirokchilariga Prezident tabrigini Institut psixologi Xolmuminova Dilshoda tomonidan o’qib eshitirdi. Shuningdek, 1-sinfga qabul qilingan o’quvchilarga Prezident sovg’asi topshirildi.