Mustaqilligimiz — buyuk qadriyatimiz!

01/09/2026

Hurmatli yurtdoşlar, aziz ustozlar, talabalar va hamkorlar!
Sizlarni xalqimiz uçun eng uluḡ va qadrli bayram — Ōzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan çin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!

Mustaqillik — xalqimizning ozod va erkin hayotini, milliy qadriyatlarimiz va buyuk kelajagimizni belgilab bergan bebaho neʼmatdir. Ōtgan 35 yil davomida yurtimiz taraqqiyot va bunyodkorlik yōlidan dadil odimlab, barça sohalarda salmoqli natijalarga erişdi.

Bugun biz — taʼlim fidoyilari zimmasidagi eng muhim vazifa — yoş avlodga sifatli taʼlim va tarbiya berib, Vatanimiz ravnaqi uçun munosib, bilimli va fidoyi avlodni voyaga yetkazişdir.

Barçangizga mustahkam soḡlik, oilaviy farovonlik, xonadonlaringizga tinçlik va fayz-u baraka tilayman.

Yurtimiz tinç, xalqimiz farovon, Mustaqilligimiz abadiy bōlsin!
Mustaqillik bayrami muborak bōlsin!

Hurmat bilan,
Oybek Ruziyev
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori