Payshanba yoshlar kuni | “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi
07/05/2026
Payshanba — Yoshlar kuni munosabati bilan Denov tumani hokimi o‘rinbosari F.Rasulov boshchiligida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabalari ishtirokida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda “Ko‘mak” loyihalari, hududlarda zamonaviy o‘quv markazlarini ochish bo‘yicha ko‘plab savollarga atroflicha javob berildi hamda xorijiy til sertifikatiga ega bo’lgan ( C 1 sertifikat) talabalar va professor – o’qituvchilar bilan samimiy muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi Davlatimiz rahbarining yoshlar bilan uchrashuvida belgilab berilgan an’anaga muvofiq, har haftaning payshanba kuni mutasaddi rahbarlar yoshlar bilan bevosita muloqot qilib, ularning muammolariga amaliy yechim topmoqda.