🏛 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Jismoniy madaniyat yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Alimardon Abdulaxatov 81 kg vazn toifasida “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali doirasida tashkil etilgan milliy kurash musobaqalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, bosh sovrin — “Prezident sovg‘asi” Damas avtomashinasi sohibiga aylangan edi.
🏆 Bugun ertalab qizg’in va murosasiz kechgan bellashuvlarda barchaga ibrat bo‘lib, institutimiz orini himoya qilgan talabamizni kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
🖌 DTPI rektori O.A.Ruziyev rahbarligida institut professor-o‘qituvchilari, talabalar, Alimardonning kursdoshlari, ustozlari uni tantanali kutib olishdi.
❇️ E’tirof etildiki, g‘oliblik an’anasi endi davom etadi. Buning uchun barcha imkoniyatlar mavjud.