Xotira va qadrlash — xalqimizning yuksak fazilati

07/05/2026

🎗 9-may — “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Filologiya fakulteti dekan o‘rinbosari, fakultet tyutorlari hamda talabalari ishtirokida Denov tumanida joylashgan “Baxtiyor ona” haykali poyiga gulchambar qo‘yildi.

🕊 Tadbir davomida Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan yurtdoshlarimiz xotirasi yod etilib, ularning jasorati va fidoyiligi oldida hurmat bajo keltirildi.

🇺🇿 Ushbu ma’naviy tadbir yosh avlod qalbida vatanparvarlik, ajdodlar xotirasiga hurmat va qadrlash tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.