Ōzbekiston va Tojikiston oliy taʼlim muassasalari rektorlarining III forumi doirasida DTPI rektori O.A.Ruziyev ham Tojikiston OTMlari bilan hamkorlik şartnomalarini imzoladi.

17/03/2026

1. DTPI hamda Sotim Uluḡzoda nomidagi Tojikiston xalqaro çet tillar universiteti ōrtasidagi hamkorlik şartnomasiga kōra professor-ōqituvçilar almaşinuvi, ilmiy-amaliy seminarlar va qōşma konferensiyalar taşkil etiş hamda xorijiy tillarni ōqitiş metodikasini rivojlantirişni nazarda tutadi.

2. DTPI va Sadriddin Ayniy nomidagi Tojikiston Pedagogika universiteti ōrtasidagi şartnomaga kōra, DTPI professor-ōqituvçilarini mazkur universitetda 144 soatlik malaka oşiriş kurslarida iştirok etişi rejalaştirildi.

3. DTPI Rus-Tojik (Slavyan) universiteti ōrtasida imzolangan şartnomaga kōra xorijiy tillarni rivojlantiriş, ilmiy va metodik tajriba almaşiş hamda xalqaro ilmiy loyihalarda hamkorlik qiliş nazarda tutilgan.