Hurmatli ustozlar, xodimlar va aziz talaba-yoşlar!
20/03/2026
Avvalo, Sizlarni muborak va fayzli ayyom – “Ramazon” hayiti bilan çin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. “Ramazon” hayiti musulmon olamining eng uluḡ va muqaddas bayramlaridan biri bōlib, u inson qalbini poklaydigan, mehr-oqibat, saxovat va baḡrikenglik tuyḡularini mustahkamlaydigan uluḡ ayyomdir. Uşbu muborak kunlarda insonlar ōzaro mehr-muruvvat kōrsatib, yaxşilik va ezgulik yōlida birlaşadilar. “Ramazon” hayiti – sabr-qanoat, şukronalik va ruhiy poklanişning yorqin ifodasi sifatida har bir qalbga quvonç va xotirjamlik olib kiradi.
Aziz jamoamiz aʼzolari! Sizlar ōz bilim va salohiyatingiz, fidokorona mehnatingiz hamda yurtimiz ravnaqi yōlida olib borayotgan samarali faoliyatingiz bilan jamiyatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qōşib kelmoqdasiz. Sizlarning saʼy-harakatlaringiz tufayli yoş avlodni bilimli, vatanparvar va barkamol insonlar etib tarbiyalaş yōlida ulkan işlar amalga oşirilmoqda.
Şu muborak “Ramazon” hayiti ayyomida barçangizga mustahkam soḡlik, xonadonlaringizga tinçlik-osoyiştalik, fayz-u baraka olib kirsin. Tutgan rōzalaringiz, qilgan ibodatlaringiz ijobat bōlsin. Qalbingizni doimo quvonç va baxt tark etmasin, har bir kuningiz yaxşilik va ezgulik bilan tōlsin. Oilangizda totuvlik, hayotingizda esa yangi zafar va yutuqlar hamişa hamroh bōlsin.
Ramazon hayiti barçamizga yangi kuç-ḡayrat, ezgu niyatlar va ulkan muvaffaqiyatlar olib kelsin. Yurtimiz ravnaqi va jamiyat taraqqiyoti yōlida olib borayotgan şarafli faoliyatingizda omad va zafarlar tilaymiz.