Denov tumanida “Navrōzni uluḡlaş — insonni uluḡlaşdir!” şiori ostida bayram sayli bōlib ōtmoqda.
16/03/2026
⚡️ Denov tumani hokimi Anvar Normamatov Tojikiston Respublikasidan taşrif buyurgan delegatsiyani kutib oldi. Bayram tadbiri davomida mehmonlar milliy urf-odatlarimiz, qadimiy anʼanalarimiz hamda xalqimizning boy madaniy merosi bilan yaqindan tanişişmoqda. Sayl hududida milliy taomlar, hunarmandçilik kōrgazmalari, folklor jamoalarining çiqişlari va turli madaniy dasturlar namoyiş etilmoqda. Bu kabi uçraşuvlar ikki xalq ōrtasidagi dōstlik va hamkorlik riştalarini yanada mustahkamlaşga xizmat qilmoqda.