Narkotik vositalari muomalasi va ularning salbiy oqibatlari

23/01/2026

Narkotik vositalar markaziy asab tizimiga taʼsir kōrsatib, odamda qaramlik keltirib çiqaradigan psixoaktiv moddalar bōlib, ularning noqonuniy muomalasi jamiyat barqarorligi, jamoat xavfsizligi va inson salomatligi uçun jiddiy tahdid hisoblanadi. Narkotik vositalarning salbiy jihatlari:

-Soḡliq uçun zararli oqibatlar;

Narkotik moddalar organizmda jismoniy va ruhiy qaramlikni şakllantiradi. Ularning uzoq muddatli isteʼmoli yurak-qon tomir, nafas oliş, jigar va miya faoliyatining buzilişiga olib keladi. Şuningdek, immunitetning pasayişi, OIV/OITS va gepatit kabi yuqumli kasalliklar tarqaliş xavfi oşadi.

-Ijtimoiy-axloqiy zararlar;

Narkotik vositalar insonning axloqiy qadriyatlariga salbiy taʼsir kōrsatib, oilaviy munosabatlarning buzilişiga, bolalar tarbiyasining izdan çiqişiga sabab bōladi. Giyohvandlik ijtimoiy moslaşuvning yōqolişi, işsizlik va ijtimoiy çetlaniş holatlariga olib keladi.

-Jinoyatçilik bilan bevosita boḡliqlik;

Narkotik vositalarning noqonuniy muomalasi jinoyatçilikning oşişiga xizmat qiladi. Giyohvandlik bilan boḡliq jinoyatlar — ōḡirlik, bosqinçilik, firibgarlik va zōravonlik holatlarining kōpayişiga sabab bōladi. Şuningdek, narkotik savdosi uyuşgan jinoyatçilikning moliyaviy asosini taşkil etadi.

Narkotik vositalar jamiyat taraqqiyotiga tōsqinlik qiluvçi salbiy ijtimoiy hodisa sifatida baholanadi. Ular yoş avlodning soḡlom rivojlanişiga tahdid soladi, huquqiy tartibot va jamoat xavfsizligini izdan çiqaradi; milliy xavfsizlikka bevosita xavf tuḡdiradi.

Şu bois, narkotik vositalarga qarşi kuraş davlat siyosatining ustuvor yōnalişlaridan biri hisoblanadi. Qonunçilikda narkotik vositalarning noqonuniy muomalasi uçun qatʼiy javobgarlik belgilangan bōlib, profilaktika, aniqlaş, foş etiş va oldini oliş çoralari tizimli ravişda amalga oşirilmoqda.

Narkotik vositalar muomalasi sohasidagi huquqbuzarliklar jinoyat qonunçiligi bilan qatʼiy tartibga solinadi. Ularning noqonuniy tayyorlanişi, saqlanişi, taşilişi, sotilişi yoki tarḡib qilinişi oḡir va ōta oḡir jinoyatlar toifasiga kiradi. Mazkur jinoyatlar nafaqat jamoat xavfsizligiga, balki soḡliqni saqlaş tizimi, iqtisodiy barqarorlik hamda milliy xavfsizlikka ham zarar yetkazadi.

Sud-amaliyotida narkotik vositalar bilan boḡliq jinoyatlar kōpinça uyuşgan guruhlar tomonidan sodir etilişi, transmilliy xususiyat kasb etişi hamda boşqa turdagi jinoyatlar bilan uzviy boḡliqligi aniqlanmoqda. Şu sababli bunday jinoyatlarni foş etiş va tergov qilişda kompleks, tizimli va professional yondaşuv talab etiladi.

Yoşlar narkotik vositalarning eng zaif ijtimoiy qatlamlaridan biri hisoblanadi. Ularning psixologik barqarorligi hali tōliq şakllanmaganligi, axborot muhitining kengligi va tengdoşlar taʼsiri giyohvandlikka moyillikni oşiradi.

Narkotik vositalar:

-yoşlarning taʼlim olişga bōlgan qiziqişini pasaytiradi;

-intellektual rivojlanişga salbiy taʼsir kōrsatadi;

-ijtimoiy masʼuliyat hissini susaytiradi;

-huquqbuzarlik sodir etiş ehtimolini oşiradi.

Şu bois, taʼlim muassasalarida huquqiy tarḡibot, psixologik maslahat va soḡlom turmuş tarzini tarḡib etiş ustuvor vazifa hisoblanadi.

Narkotik vositalar inson salomatligi, jamiyat barqarorligi va davlat xavfsizligi uçun jiddiy tahdid hisoblanadi. Ularning salbiy oqibatlari nafaqat alohida şaxsga, balki butun jamiyatga zarar yetkazadi. Şu bois, narkotik vositalarga qarşi qatʼiy huquqiy çoralar, samarali profilaktika va keng qamrovli ijtimoiy dasturlarni amalga oşiriş dolzarb vazifa bōlib qolmoqda.

 

 

Jinoyat işlari bōyiça

Denov tuman sudining raisi                                                S.B.Bōtayev