Yangi ōquv qōllanma taqdimoti

26/01/2026


📚 Bugun Tadbirkorlik va boşqaruv fakultetida muhim ilmiy-maʼrifiy tadbir — fakultet dekani M.Toşboboyev hamda “Tarix va falsafa” kafedrasi ōqituvçisi M.Jōrayev hammuallifligida tayyorlangan “Dinşunoslik” ōquv qōllanmasining taqdimot marosimi bōlib ōtdi.

🔗 Tadbirda dekan ōrinbosari A.Ibragimov, tyutorlar hamda talaba-yoşlar faol iştirok etdilar. Taqdimot jarayonida ōquv qōllanmaning mazmun-mohiyati, unda yoritilgan dolzarb mavzular, diniy bilimlarni ilmiy asosda ōrganişdagi ahamiyati hamda taʼlim jarayonidagi ōrni haqida atrofliça maʼlumotlar berildi.

💥Şuningdek, mazkur qōllanma talabalarning dunyoqaraşini kengaytiriş, baḡrikenglik va maʼnaviy-maʼrifiy tarbiyani mustahkamlaşga xizmat qilişi alohida taʼkidlandi.

📌 Taqdimot yakunida “Dinşunoslik” ōquv qōllanmasi institut kutubxonasi fondiga topşirilib, taʼlim jarayonida foydalaniş uçun taqdim etildi.