Giyohvandlik moddalari bilan boḡliq jinoyatlar va ularning oqibatlari

23/01/2026

Giyohvandlik moddalari bilan boḡliq jinoyatlar jamiyat xavfsizligi, fuqarolarning soḡliḡi va davlat barqarorligi uçun eng jiddiy tahdidlardan biri hisoblanadi. Uşbu turdagi jinoyatlar nafaqat alohida şaxsga, balki butun jamiyatga salbiy taʼsir kōrsatib, huquqiy tartibotning izdan çiqişiga sabab bōladi.

Ōzbekiston Respublikasi JKning XIX bobi, giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravişda muomala qilişdan iborat jinoyatlar bōlib bunga;

270-moddasi- taqiqlangan ekinlarni yetiştiriş;

271-moddasi- giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravişda egallaş;

      273-moddasi-giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ōtkaziş maqsadini kōzlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş, şuningdek ularni qonunga xilof ravişda ōtkaziş;

274-moddasi-giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni tarḡib qiluvçi mahsulotni tayyorlaş, tarqatiş, reklama qiliş, namoyiş etiş yoki bunday moddalarni isteʼmol qilişga jalb etiş;

275-moddasi-giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar işlab çiqariş yoki ulardan foydalaniş qoidalarini buziş;

276-moddasi-giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ōtkaziş maqsadini kōzlamay qonunga xilof ravişda tayyorlaş, egallaş, saqlaş va boşqa harakatlar kiradi.

Giyohvandlik moddalari isteʼmoli jismoniy va ruhiy qaramlikni keltirib çiqarib, oḡir kasalliklar, nogironlik va bevaqt ōlim holatlariga olib keladi.

Bunday jinoyatlar oilaviy munosabatlarning buzilişi, bolalar tarbiyasining izdan çiqişi, ijtimoiy moslaşuvning yōqolişi kabi salbiy holatlarni keltirib çiqaradi.

Giyohvandlik moddalari bilan boḡliq jinoyatlar boşqa jinoyatlar — ōḡirlik, talonçilik, bosqinçilik va zōravonlik jinoyatlarining kōpayişiga sabab bōladi.

Narkotik savdosi uyuşgan jinoyatçilik, korrupsiya va transmilliy jinoyat tarmoqlarining moliyaviy manbai bōlib xizmat qiladi.

Giyohvandlik moddalari bilan boḡliq jinoyatlar uçun jinoyat qonunçiligida qatʼiy javobgarlik belgilangan.

Giyohvandlik moddalari bilan boḡliq jinoyatlarning oldini oliş quyidagi yōnalişlarda amalga oşirilişi lozim:

huquqiy tarḡibot va maʼrifiy işlarni kuçaytiriş;

yoşlar bilan işlaş tizimini takomillaştiriş;

internet muhitida noqonuniy savdo va tarḡibotga qarşi nazoratni kuçaytiriş;

xalqaro hamkorlikni mustahkamlaş.

Giyohvandlik moddalari bilan boḡliq jinoyatlar jamiyatning barqaror rivojlanişiga jiddiy tahdid soluvçi ijtimoiy-huquqiy muammo hisoblanadi. Ularning oqibatlari inson hayoti, jamiyat xavfsizligi va davlat barqarorligiga salbiy taʼsir kōrsatadi. Şu bois, mazkur jinoyatlarga qarşi kompleks, tizimli va uzluksiz kuraş olib boriş dolzarb vazifa bōlib qolmoqda.

Giyohvandlik moddalari bilan boḡliq jinoyatlar yuqori darajada latent (yaşirin) xususiyatga ega bōlib, ularni aniqlaş murakkabdir. Uşbu jinoyatlarning sodir etilişiga quyidagi omillar taʼsir kōrsatadi:

ijtimoiy-iqtisodiy tengsizlik va işsizlik;

oilaviy muhitdagi muammolar va nazoratning sustligi;

yoşlar orasida huquqiy ongning pastligi;

axborot makonida narkotik vositalarning yaşirin tarḡiboti;

narkotik vositalarga nisbatan talabning mavjudligi.

Mazkur omillar jinoyatlarning kōpayişiga şaroit yaratadi hamda ularni faqat jazolaş bilan emas, balki kompleks ijtimoiy çoralar orqali kamaytiriş zarurligini kōrsatadi.

Giyohvandlik moddalari bilan boḡliq jinoyatlarda voyaga yetmagan şaxslarning iştiroki alohida xavfli holat hisoblanadi. Ular kōpinça narkotik moddalarni tarqatişda vositaçi sifatida jalb qilinadi yoki isteʼmolçi sifatida jinoyat muhitiga kirib boradi.

Bu holat:

yoş avlodning soḡlom rivojlanişiga putur yetkazadi;

ularning kelajak hayotini izdan çiqaradi;

jinoyat subkulturasining şakllanişiga zamin yaratadi.

Şu bois, voyaga yetmaganlarni himoya qilişga qaratilgan maxsus huquqiy, pedagogik va psixologik çora-tadbirlar muhim ahamiyat kasb etadi.

Mazkur turdagi jinoyatlar jazoni ijro etiş muassasalarida mahkumlar sonining oşişiga olib keladi. Bunday şaxslar orasida qayta jinoyat sodir etiş darajasi yuqori bōladi.

Şu bois, jazoni ijro etiş muassasalarida giyohvandlikka qarşi maxsus davolaş va psixologik yordam dasturlarini joriy etiş muhim hisoblanadi.

Giyohvandlik moddalari bilan boḡliq jinoyatlar uçun javobgarlik çoralarini individuallaştiriş.

Davolanişga ixtiyoriy murojaat qilgan şaxslar uçun raḡbatlantiruvçi huquqiy mexanizmlarni kengaytiriş.

Internet orqali narkotik savdosiga qarşi alohida normativ tartiblarni joriy etiş.

Voyaga yetmaganlarni jalb qiliş uçun jazoni yanada kuçaytiriş.

Jinoyat işlari bōyiça

Denov tuman sudining sudyasi                                        B.M.Diyorov