“Markaziy Osiyo hamdōstligi kubogi” xalqaro musobaqasida DTPI talabalari muvaffaqqiyatli tarzda iştirok etişdi

10/12/2025

8-9-dekabr kunlari Buxoro viloyati Jondor tumanida sportning Bel oliş kuraşi bōyiça “Markaziy Osiyo hamdōstligi kubogi” xalqaro musobaqasi bōlib ōtdi. Uşbu nufuzli musobaqada Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti jismoniy madaniyat yōnalişi 1-kurs talabalarining yutuqlari alohida eʼtiborga loyiq bōldi.

80 kg vazn toifasida iştirok etgan Mirzoyev Sanjar kuçli raqiblar orasida munosib iştirok etib, faxrli 1-ōrinni qōlga kiritdi. Şuningdek, 85 kg vazn toifasida bahsga kirişgan Qulmuratov Javlonbek ham yuqori natija qayd etib, faxrli 3-ōrinni egalladi.

Talabalarimizning uşbu ḡalabalari institutimiz uçun faxr va ḡururdir. Ularni yutuqlari bilan tabriklaymiz va kelgusidagi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaymiz!