Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida qiş faslini betalafot ōtkaziş maqsadida yangi transformator ōrnatildi
09/12/2025
Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida qiş mavsumiga tayyorgarlik doirasida muhim infratuzilma işlari amalga oşirildi. Xususan, şahar elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan taʼlim muassasasi hududida zamonaviy elektr transformatori ōrnatildi.
Mazkur işlar talaba-yoşlar, professor-ōqituvçilar hamda institutda faoliyat yuritayotgan xodimlar uçun uzluksiz va barqaror elektr energiyasi taʼminotini yaratiş, sovuq kunlarda yuzaga kelişi mumkin bōlgan nosozliklarning oldini olişga qaratilgan.
Yangi transformatorning ōrnatilişi qiş mavsumini betalafot ōtkaziş, taʼlim jarayonining uzluksizligini taʼminlaş va mavjud infratuzilmaning işonçliligini yanada oşirişga xizmat qiladi.
Şahar elektr tarmoqlari mutaxassislari tomonidan barça texnik talablar asosida sifatli montaj işlari bajarildi va tizim tōliq foydalanişga topşirildi.