1992-yil 10-dekabr “Ōzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi tōḡrisida”gi Ōzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan kun.
10/12/2025
1992-yil 10-dekabr “Ōzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi tōḡrisida”gi Ōzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan kun. Qonunda madhiyamiz davlat suverenitetining ramzi, unga katta ehtirom bilan qaraş har bir yurtdoşimizning vatanparvarlik burçidir deb belgilab qōyilgan.
Ōzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan Aniq va tabiiy fanlar fakultetida madhiya kuylandi. Bu orqali milliy birligimizni mustahkamlaşga, vatanparvarlik va ḡurur tuyḡularini tarḡib etişga hissa qōşadi.
Şuningdek Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tadbirkorlik va boşqaruv fakultetida iş kuni va dars jarayonlari Ōzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini kuylaş bilan boşlandi.
Yuksak vatanparvarlik tuyḡusini mujassam etgan madhiyamiz bugun taʼlim maskanlarida yoş avlodni muhabbat ruhida kamol topişiga xizmat qilmoqda.