Konferensiya ishtirokchilari uy muzeyida bo‘lishdi

26/04/2026

🖋 Ta’kidlanganidek, bugun “Aniq va tabiiy fanlar rivoji: Fundamental tadqiqotlar va pedagogik innovatsiyalar mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi.

📗 Konfrensiyada fizik, biologik va kimyoviy jarayonlarni kompyuterda modellashtirish, materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyalari, uzluksiz ta’lim tizimida aniq va tabiiy fanlarni o’qitishning zamonaviy metodlari kabi masalalar muhokama qilindi.

📌 Ishtirokchilar konfrensiyadan so‘ng Denov tumanidagi “Chuqurqishloq” mahallasida joylashgan O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi, akademik Nazar To‘rayev uy muzeyida bo‘lishdi.

🔵 Tashrif davomida ishtirokchilar unutilmas taassurotlar oldilar.