Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Sport kuni” doirasida ommaviy yuriş marafoni va badantarbiya maşqlari ōtkazildi
25/04/2026
📅 25-aprel kuni institut professor-ōqituvçilari va xodimlari iştirokida erta tongdan “Soḡlom hayot uçun 5 ming qadam” şiori ostida ommaviy yuriş marafoni ōtkazildi.
Tadbir institutning barça binolarida taşkil etilib, fakultet dekanlari boşçiligida kafedra professor-ōqituvçilari hamda bōlim xodimlari faol iştirok etdilar. Badantarbiya maşqlari ōtkazildi.
Mazkur tadbir soḡlom turmuş tarzini tarḡib qiliş, jamoada jipslikni mustahkamlaş hamda jismoniy faollikni oşirişga xizmat qildi.