Hurmatli talabalar!

23/04/2026

Ōzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi “Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim jarayonini taşkil etiş bilan boḡliq tizimni takomillaştiriş çora-tadbirlari tōḡrisida” 824-sonli Qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Oliy taʼlim muassasalarida ōquv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etiş tartibi tōḡrisida Nizom”ning 4-bob, 14-bandiga muvofiq ilḡor xorijiy taʼlim tajribasi asosida respublika iqtisodiyoti tarmoqlarida amalga oşirilayotgan islohotlar, kadrlar isteʼmolçilari talablari va milliy qadriyatlarni eʼtiborga olgan holda taʼlim yōnalişlari va mutaxassisliklar kesimida 2026-2027 ōquv yili uçun tanlov fanlari rōyxati HEMIS axborot tizimiga kiritildi.
Siz 2026-yil 1-may sanasidan 31-maygaça bōlgan muddatda ōzingiz uçun muhim deb hisoblagan tanlov fani bōyiça maʼlumot va taqdimotlar bilan mutaxassislik kafedralarida tanişib, HEMIS axborot tizimida tegişli tanlov fanga ovoz berişingiz mumkin.