Bugungi kunda dunyoda sunʼiy intellekt texnologiyalari iqtisodiyot, taʼlim, soḡliqni saqlaş, xavfsizlik va boşqa muhim yōnalişlarda asosiy vositalardan biriga aylanmoqda. Sunʼiy intellekt texnologiyalari davlat boşqaruvida samaradorlikni oşiriş, resurslardan tejamkor foydalaniş, aholiga kōrsatiladigan xizmatlar sifatini yaxşilaşga xizmat qiladi.
Sōnggi yillarda Ōzbekistonda ham bu sohada tizimli islohotlar amalga oşirilib, mamlakatimiz sunʼiy intellektni tatbiq etiş bōyiça xalqaro reytingda 17 poḡona yuqoriladi. Hozirda Ōzbekiston 188 davlat içida 70-ōrinni, Markaziy Osiyo bōyiça esa birinçi ōrinni egallab turibdi.
Institutda ham “Sunʼiy intellekt” taʼlim yōnalişi bōyiça oxirgi ikki ōquv yilida qabul amalga oşirildi. Bugun institut rektori O.Ruziyev 1-bosqiçga qabul qilingan mazkur taʼlim yōnalişi talabalari bilan yaqindan suhbat qurdi.
Suhbat mobaynida sunʼiy intellektni rivojlantirişda eng muhim omil – malakali kadrlar tayyorlaş ekanligi taʼkidlandi.
Mazmunli taşkil etilgan debat davomida sohada kadrlar tayyorlaşni jadallaştiriş maqsadida kōplab dasturlar amalga oşirilayotganligi, “Bir million sunʼiy intellekt yetakçilari” milliy dasturi doirasida yoşlar uçun aistudy.uz va omp.aistudy.uz platformalari işga tuşirilganligi, ularda SI bōyiça 5 ta bepul onlayn ōquv dasturi yōlga qōyilganligi, dastur doirasida 2027 yilga qadar 1 million nafar yoş sunʼiy intellekt sohasidagi bilim va kōnikmalarga ega bōlişi haqida sōz bordi.