Bugun, 21-sentabr kuni Samarqand davlat universitetida Universitet kuni nishonlandi.
21/09/2026
Samarqand davlat universiteti oliy ta’lim, ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar sohalariga, shuningdek, kelajak uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga salmoqli hissa qo‘shib kelmoqda.
Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining prorektori R. Shukurov rahbarligida bir guruh professor-o‘qituvchilar Samarqand davlat universitetida bo‘lishib, jamoaga ulkan muvaffaqiyatlar, farovonlik va xalqaro maydonda yanada yuksak e’tirof tilashdi.