E’LON

19/09/2026

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talaba-yoshlari oʻrtasida “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” shiori ostida “Ona Vatanning buyuk farzandlari”, “O‘zbekistonlik ekanimdan faxrlanaman” hamda “Vatanga xizmat qilish — buyuk maqsadim” mavzularida maqolalar tanlovi tashkil etiladi.

📝 Tanlovda ishtirokchilar mazkur mavzularda o‘zlarining ijodiy, mazmunli va dolzarb maqolalari bilan qatnashishlari mumkin.

Tanlov yoshlarning Vatanga muhabbat, milliy g‘urur, tarixiy meros va yurt taraqqiyotiga daxldorlik tuyg‘ularini yuksaltirish, ularning ijodiy va intellektual salohiyatini namoyon etish maqsadida o‘tkaziladi.


⚠️Maqolalar qabul qilish muddati 20.09.2026 (shu kuni ham)
✉️Murojaat uchun: @sunnatvch_18

🏆 Eng yaxshi maqolalar saralab olinib, g‘oliblar munosib taqdirlanadi.