Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakultetida 1-kurs talabalarini kutib olish tadbiri ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.
Tadbirda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Rustam Shukurov Eshonqulovich, Sariosiyo tumani hokimi Yaqubov Odiljon Almaxamadovich, tadbirkor E. Xolov, Pedagogika fakulteti dekani Ra’no Salomova hamda fakultetning professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida oliy ta’lim muassasasiga eng yuqori ball bilan qabul qilingan talabalar esdalik sovg‘alari hamda “Тashakkurnoma”lar bilan taqdirlandilar.
✨ Тalabalarning o‘qishlarida ulkan muvaffaqiyatlar, ilmiy izlanishlarida zafarlar va yorqin kelajak tilashdi.