1-kurs talabalarini kutib olish tadbiridan so‘ng Pedagogika fakulteti dekani Ra’no Salomova hamda fakultet ma’muriyati tomonidan talabalar ota-onalari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida ota-onalarni qiziqtirgan turli savollarga javoblar berildi, shuningdek, talabalarning oliy ta’lim muassasasidagi ichki tartib-qoidalari va intizom talablari haqida batafsil tushunchalar berildi.
Ota-onalar bilan bunday uchrashuvlar talabalarning ta’lim-tarbiyasi, intizomi va institut bilan oila o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.