🙂 Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida talaba-yoşlarning ijodiy salohiyatini qōllab-quvvatlaş, ularning adabiyot va sanʼatga bōlgan qiziqişini yanada oşiriş, ijodkor yoşlarni raḡbatlantiriş hamda ularni taniqli ijodkorlar faoliyati bilan yaqindan taniştiriş maqsadida ijodkor, şoir va adabiyot vakili Mengnor Ollamurodov bilan talaba-yoşlar uçraşuvi taşkil etildi.
📌Samimiy va kōtarinki ruhda ōtgan uçraşuvda institutning faol va ijodkor talabalari, professor-ōqituvçilar hamda yoşlar iştirok etdi. Tadbir davomida bugungi yoşlarning maʼnaviy dunyoqaraşini yuksaltiriş, kitobxonlik madaniyatini rivojlantiriş, ijodkorlik qobiliyatini qōllab-quvvatlaş va yoşlarning bōş vaqtini mazmunli taşkil etiş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
⭐️ Uçraşuv davomida Mengnor Ollamurodov ōzining ijodiy faoliyati, adabiyotga kirib keliş yōli, ijod jarayoni hamda hayotiy tajribalari haqida talaba-yoşlarga sōzlab berdi. Yoşlarni kitob mutolaasiga, mustaqil fikrlaşga, izlanişga va ōz ustida muntazam işlaşga çorlab, ijodkorlik insondan katta mehnat, sabr-toqat va izlanişni talab etişini taʼkidladi. Şuningdek, ijodkor yoşlarning jamiyatdagi ōrni, ularning yangi ḡoya va taşabbuslari mamlakatimiz maʼnaviy hayotida muhim ahamiyat kasb etişi haqida fikrlar bildirildi. Talabalar ōzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, ijodkor bilan oçiq va samimiy muloqot olib bordilar. Tadbir davomida institutda tahsil olayotgan ijodkor talaba-yoşlarning şeʼriy va ijodiy namunalari ham tinglandi. Yoş ijodkorlarning çiqişlari iştirokçilarda katta qiziqiş uyḡotib, ularning ijodiy izlanişlarini qōllab-quvvatlaş va kelgusida yangi loyihalarda iştirokini taʼminlaş zarurligi qayd etildi. Bunday uçraşuvlar talaba-yoşlarning maʼnaviy-axloqiy dunyoqaraşini boyitiş, ularning ijodiy qobiliyatlarini yuzaga çiqariş, adabiyot va sanʼatga bōlgan mehrini yanada mustahkamlaş hamda yoşlarni ezgu maqsadlar sari ruhlantirişda muhim ahamiyat kasb etadi.
✅Uçraşuv yakunida iştirokçilar Mengnor Ollamurodovga samimiy muloqot va qimmatli fikrlari uçun minnatdorlik bildirib, bunday maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni muntazam taşkil etiş istagini bildirdilar.