2026-yil 2-sentabr kuni umumiy ōrta taʼlim maktablarida yangi 2026/2027 ōquv yili boşlanişi munosabati bilan anʼanaviy “Birinçi qōnḡiroq” tadbiri tantanali tarzda bōlib ōtdi.

02/09/2026

⚡️ 2026-yil 2-sentabr kuni Oltinsoy tumanidagi 27-maktabda yangi 2026/2027 ōquv yili boşlanişi munosabati bilan anʼanaviy “Birinçi qōnḡiroq” tadbiri tantanali tarzda bōlib ōtdi. Maktab hovlisi bayramona bezatilib, ōquvçilar va mehmonlarda kōtarinki kayfiyat uyḡotdi.

 


📌 Tadbirda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Yoşlar bilan işlaş bōyiça dekan ōribosari B.Diurayev va Registrator ofisi menejeri O.A.Jabborovlar iştirok etişib, tadbir davomida Ōzbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning yangi ōquv yili munosabati bilan yōllagan tabrigi ōqib eşittirildi. Maktabning 1-sinfga qadam qōygan ōquvçilariga esa “Prezident sovḡasi” tantanali ravişda topşirildi. Yangi ōquv yilining birinçi kuni bilan tabriklab, şuningdek, yuqori sinf ōquvçi-yoşlariga institutimizda yaratilayotgan şart-şaroit va yōnalişlar haqida maʼlumot berib ōtdi.