Uçraşuv

13/01/2026

⚡️Ōzbekiston Respublikasida xizmat kōrsatgan artist, Xorazmlik taniqli sanʼatkorlar aka-uka Eşjonovlar Denov tadbirkorlik va pedagogika institutiga taşrif buyurib, bu yerda faoliyat yuritayotgan Karyera hamda Axborot-resurs markazlarida yaratilgan zamonaviy şaroitlar bilan yaqindan tanişdilar. Mehmonlarga talabalar va bitiruvçilar uçun yaratilgan imkoniyatlar, kasbiy yōnaltiriş, bandlikni taʼminlaşga qaratilgan loyihalar hamda ARMda mavjud elektron va bosma manbalar haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

📌 Uçraşuv davomida aka-uka Eşçonovlar yoşlarning bilim va iqtidorini rivojlantirişga qaratilgan bunday taşabbuslarni yuqori baholab, institut jamoasiga ōz minnatdorliklarini bildirdilar. Şuningdek, ular talabalar bilan ijod, sanʼat va şaxsiy rivojlaniş borasida samimiy suhbatlaşib, kelgusida hamkorlik aloqalarini yōlga qōyiş istagini bildirdilar.