⚡️ Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida yoşlarning sotsiologiya va antropologiyaga qiziqişlarini kuçaytirişga baḡişlangan “Jamiyat va men” mavzusida sotsiologiya va antropologiya fanlari tarḡibotiga baḡişlangan offline vebinar taşkil etildi. Tadbirda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Raqamli iqtisodiyot kafedrasi mudiri, Iqtisod fanlari dotsenti K.Tōraboyeva va sotsiologiya yōnalişi ōqituvçisi A.Mengliyev iştirok etişdi.
✅ Vebinar davomida sotsiologiya va antropologiya fanlarining jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati, soha va fanlarning sotsiologiya bilan boḡliqlik jihatlari, aloqalari xususida fikr-mulohazalar yuritildi. Bahs-munozaralarga boy bōlgan tadbirda iştirok etgan 50 nafardan ortiq yoşlar ōzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olişdi.