Joriy yilning 23-sentabr kuni Tadbirkorlik va boşqaruv fakultetida “Yoşlarni oilaviy hayotga tayyorlaş” mavzusida davra suhbati bōlib ōtdi.
📌 Tadbirda institut xotin-qizlar maslahat kengaşi raisi N.Xasanova, fakultet xotin-qizlar masalalari bōyiça dekan maslahatçisi P. Normamatovalar iştirok etib, oila va oilaviy qadriyatlar inson hayotida eng muhim poydevor ekanligini taʼkidladilar.
⚡️Ularning qayd etişiça, agar oila ḡamxōrlik, ōzaro hurmat va mehr-muhabbatga asoslangan bōlsa, u mustahkam bōladi. Oila mustahkam va osoyişta bōlsa, jamiyat ham farovon bōlişi şubhasizdir.
📍Suhbat davomida talaba qizlar ōzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda foydali maslahatlar eşitdilar.