Institut rektori sport faoliyati bilan tanişdi

18/04/2026

🏛 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O.A.Ruziyev jismoniy tarbiya va sportni rivojlantiriş yōnalişidagi işlar bilan yaqindan tanişdi.

📌 Taşrif davomida “Jismoniy tarbiya va sport” kafedrasi professor-ōqituvçilari bilan uçraşib, aholi hamda talaba-yoşlar salomatligini mustahkamlaş, ularni jismoniy tarbiya va ommaviy sportga keng jalb etiş masalalariga alohida eʼtibor qaratdi.

🔹 Uçraşuv jarayonida mavjud imkoniyatlardan samarali foydalaniş, sport infratuzilmasini yanada rivojlantiriş hamda yoşlar ōrtasida soḡlom turmuş tarzini tarḡib etiş bōyiça muhim topşiriq va tavsiyalar berildi.

♟Şuningdek, rektor talabalar bilan samimiy muloqot qilib, ular bilan şaxmat ōynadi. Uşbu jarayon yoşlarga nafaqat motivatsiya, balki intellektual rivojlaniş va soḡlom raqobat muhitini şakllantirişda muhim ahamiyat kasb etdi.